Abstrak
Mazkur maqolada rus tili darslarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim jarayonidagi samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi platformalar yordamida o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada rus tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqilgan.