Abstrak
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida rang-tus bildiruvchi sifat leksemalarning lingvokulturologik xususiyatlari qiyosiy aspektda tahlil qilinadi. Rang bildiruvchi leksemalarning semantik maydoni nafaqat real borliqdagi ranglarni ifodalash, balki har bir xalqning madaniy tafakkuri, milliy dunyoqarashi va qadriyatlar tizimi bilan chambarchas bog‘liq ekani asoslanadi. Tadqiqot jarayonida “white/oq”, “black/qora”, “red/qizil”, “green/yashil” kabi asosiy ranglar misolida ularning ingliz va o‘zbek madaniyatidagi ramziy ma’nolari, frazeologik birliklardagi qo‘llanilishi hamda konnotativ xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, rang leksemalarining metaforik kengayishi, madaniy stereotiplar shakllanishidagi roli va lingvokulturologik kod sifatidagi ahamiyati ochib beriladi. Maqola natijalari ikki til tizimidagi rang konseptining umumiy va farqli jihatlarini aniqlashga xizmat qiladi.