Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy ingliz badiiy diskursining o‘zbek tiliga tarjima jarayonida yuzaga keladigan lingvosemantik nomutanosibliklar va pragmatik rekonstruksiya muammolari chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda leksik-semantik ekvivalentlik, ko‘pma’nolilik (polisemiya), metaforik va idiomatik birliklar, madaniy realiyalar hamda pragmatik implikaturalarni qayta ifodalash jarayonlari o‘rganilgan. Shuningdek, tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik siljishlar (semantic shift), konnotativ yo‘qotishlar va ularni kompensatsiya qilish strategiyalari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, badiiy tarjima faqat lingvistik transformatsiya emas, balki murakkab kognitiv va madaniy rekonstruksiya jarayonidir.