Abstrak
Ushbu maqolada raqamli davrda yashayotgan zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy faoliyati, bolalarning dolzarb muammolari (e’tibor yetishmovchiligi, ekran qaramligi, emotsional-intellektual rivojlanishdagi kamchiliklar) va ularni yechishning innovatsion usullari ilmiy-ijodiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O‘yin, raqamli texnologiyalar va milliy qadriyatlar uyg‘unligida tashkil etilgan ta’lim jarayoni orqali bolalarda mustaqil fikrlash, emotsional intellekt va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish tajribasi, yutuqlari yoritiladi. Maqsad — har bir o‘qituvchini “raqamli bolalar qalbining me’mori” sifatida ilhomlantirishdir.