Abstrak
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari, innovatsion-pedagogik yondashuvlar hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi yoritilgan.
Shuningdek, kreativ fikrlashni rivojlantirishda kompetensiyaviy yondashuv, raqamli ta’lim muhiti, loyiha metodi, muammoli ta’lim va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.