Abstrak
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishning huquqiy, institutsional hamda ijtimoiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida gender tenglikni ta’minlashga oid milliy va xalqaro huquqiy mexanizmlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘rganildi. Shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, mahalla tizimi hamda raqamli iqtisodiyotda xotin-qizlar faolligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar ilmiy jihatdan yoritildi. Tadqiqot natijasida xotin-qizlarning boshqaruv tizimidagi ishtirokini kuchaytirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.