Abstrak
Ushbu ishda qurilish sohasida modellashtirish texnologiyalaridan foydalanish va narxlarni optimallashtirish jarayonlari o‘rganilgan. Qurilish jarayonlarini raqamlashtirish, xarajatlarni prognozlash, samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Modellashtirishning zamonaviy usullari — BIM (Building Information Modeling), matematik modellar va iqtisodiy baholash uslublari asosida narxlarni aniq rejalashtirish va optimallashtirish mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari qurilish xarajatlarini kamaytirish, loyiha sifatini oshirish va investitsion samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.