Abstrak
Mazkur maqolada 1991–2024-yillar davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarida ilmiy-madaniy va ta’lim tizimida xalqaro aloqalarning shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy bosqichlari tahlil qilinadi. Xususan, raqamli diplomatiya va masofaviy hamkorlik shakllarining mintaqaviy integratsiya jarayonlariga ta’siri ilmiy jihatdan yoritiladi.
Globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda pandemiya davrida masofaviy ta’limning jadal rivoji xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi modelini yuzaga keltirgani asoslab beriladi.