Abstrak
Ushbu maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston hududida amalga oshirilgan sud-huquq tizimidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy hayotga ta’siri tahlil qilingan.
Muallif Chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosati doirasida joriy etilgan ma’muriy-huquqiy islohotlar, xalq sudlari faoliyati, harbiy-sud komissiyalari va politsiya organlarining vakolatlarini ilmiy asosda yoritadi. Shuningdek, arxiv hujjatlari asosida mahalliy aholiga nisbatan qo‘llangan ma’muriy jazolar hamda mustamlakachilik boshqaruvining huquqiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida sud tizimidagi yangilanishlarning mahalliy aholi huquqiy madaniyati va huquqiy ongiga ijobiy hamda salbiy ta’sir ko‘rsatgani xulosa qilingan.