Abstrak
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik muhitni shakllantirishning asosiy komponentlari boshqaruv nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, pedagogik kuzatish, so‘rovnoma va boshqaruv faoliyati monitoringi metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, psixologik muhitning barqarorligi va samaradorligi liderlik uslubi, kommunikativ ochiqlik, jamoaviy hamkorlik, motivatsion mexanizmlar hamda tashkiliy madaniyat kabi komponentlarning uyg‘un rivojlanishiga bog‘liq.
Tadqiqot asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga doir boshqaruv tavsiyalari ishlab chiqildi.