EKOLOGIYA VA INSON SALOMATLIGI: QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARINING DOLZARB MUAMMOLARI
pdf

Kalit so‘zlar

ekologiya, inson salomatligi, qalqonsimon bez, yod tanqisligi, radiatsiya, ekologik muammo, gormon, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, endokrin tizim.

Abstrak

Ushbu maqolada ekologik muammolarning inson salomatligiga ta’siri hamda qalqonsimon bez kasalliklarining bugungi kundagi dolzarb jihatlari yoritilgan. Atmosfera havosining ifloslanishi, suv tarkibidagi zararli moddalar, radiatsiya, kimyoviy chiqindilar va yod tanqisligi qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga olib keluvchi asosiy omillar sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, qalqonsimon bezning inson organizmidagi vazifalari, gipoterioz, gipertireoz, bo‘qoq va qalqonsimon bez saratoni kabi kasalliklarning belgilari hamda ularning inson salomatligiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada kasalliklarning oldini olish uchun ekologik muhitni asrash, yodlangan mahsulotlardan foydalanish, sog‘lom ovqatlanish, tibbiy ko‘rikdan muntazam o‘tish va ekologik madaniyatni rivojlantirish zarurligi ta’kidlangan.

pdf