Abstrak
Maqolada turar-joy va noturar-joy binolarini qurishda ekologik barqarorlikni saqlashning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Qurilish faoliyatining atrof-muhitga ta’siri, jumladan resurslar iste’moli, ifloslanish va uglerod izining ortishi tahlil qilinadi. Barqaror va “yashil” qurilish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgan hamda ularning tabiatga salbiy ta’sirni kamaytirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, energiya samaradorligini oshirish va inson hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy ekologik texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Xulosa sifatida arxitektura amaliyotida ekologik yondashuvlarni joriy etish barqaror rivojlanishning muhim omili ekanligi ta’kidlanadi.