Abstrak
Mazkur maqolada generativ sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish orqali rus tilida og‘zaki muloqot kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim jarayonida xorijiy tillarni o‘qitish faqat grammatik bilimlarni shakllantirish bilan cheklanmay, balki talabalarning real kommunikativ vaziyatlarda erkin fikr bildira olish, tinglab tushunish va o‘z nutqini takomillashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab etmoqda. Tadqiqotda generativ sun’iy intellekt vositalarining individual ta’lim muhitini yaratish, uzluksiz muloqotni tashkil etish, talaffuz va grammatik xatolarni tahlil qilish hamda lug‘at boyligini oshirishdagi imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida rus tilini o‘qitishning besh bosqichli metodik modeli taklif etilgan. Mazkur model dialogik muloqot, talaffuzni rivojlantirish, yangi so‘zlarni mustahkamlash, qiziqishlarga asoslangan vaziyatli mashqlar va natijalarni baholash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari generativ sun’iy intellekt vositalari an’anaviy ta’lim jarayonini to‘ldiruvchi samarali pedagogik vosita sifatida talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28- yanvardagi PF–60-son Farmoni. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni. “O‘zbekiston–2030 strategiyasi to‘g‘risida”.
OECD. (2023). PISA 2022 Results: Learning During and from Disruption. Paris: OECD Publishing.
OECD. (2021). 21st-Century Readers: Developing Literacy Skills in a Digital World. Paris: OECD Publishing.
UNESCO. (2023). Global Education Monitoring Report: Technology in Education. Paris: UNESCO Publishing.
Darling-Hammond, L., Flook, L., Cook-Harvey, C., Barron, B., & Osher, D. (2020). Implications for educational practice of the science of learning and development. Applied Developmental Science, 24(2), 97–140.
Fullan, M., Quinn, J., Drummy, M., & Gardner, M. (2020). Education Reimagined: The Future of Learning. Seattle: New Pedagogies for Deep Learning.
Voogt, J., Knezek, G., Christensen, R., & Lai, K.-W. (2021). Developing computational thinking and digital literacy in K–12 education. Educational Technology Research and Development, 69(2), 895–898.
Redecker, C. (2022). European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu. Luxembourg: Publications Office of the European Union.
Ananiadou, K., & Claro, M. (2021). 21st century skills and competences for new millennium learners. OECD Education Working Papers, 41, 1–33.
Щукин А. Н. (2020). Методика преподавания русского языка как иностранного. Москва: ФЛИНТА.