Abstrak
Mazkur maqolada ona tili ta’limida kompetensiyaviy yondashuv va raqamli texnologiyalarning integratsiyasi masalasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlarini, balki ularni amaliy faoliyatda qo‘llash, mustaqil fikrlash, muloqot qilish va raqamli vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning ona tili darslarida kommunikativ, lingvistik, axborot va raqamli kompetensiyalarni shakllantirishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, interaktiv topshiriqlar, elektron matnlar, multimedia vositalari va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi yoritiladi.
Xalqaro tadqiqotlar asosida raqamli kompetensiyaning til ta’limi natijalariga ta’siri va kompetensiyaviy yondashuv bilan texnologik vositalarni uyg‘unlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
References
Djakbarova, M. I., & To‘lqinova, Z. B. (2025). The role of digital technologies in mother tongue education // Ta’lim va taraqqiyot. – 2025. – No. 2.
Uteuliyeva, M. I. (2023). Integration issues in developing speech competence through learning tasks in mother tongue lessons // Uzbek Scholar Journal. – 2023. – Vol. 17. – P. 117–122.
Eshimbetov, O. (2025). Developing speech competencies of upper-grade students in mother tongue lessons in general secondary schools // Modern Science and Research. – 2025. – Vol. 2, No. 3. – P. 1663–1671.
Raxmatillayeva, E. Z. (2024). Aspects of introducing digital technologies into the mother tongue education process // Universal International Scientific Journal. – 2024. – Vol. 1, No. 7. – P. 230–234.
Temirov, I. A., Osimova, R. A., & Baxodirova, M. B. (2025). Opportunities for using digital technologies in mother tongue education // Modern Science and Research. – 2025.
Baxodirova, M., & Osimova, R. (2025). Opportunities for using digital technologies in mother tongue education // The International Status of the Uzbek Language: History, Present and Future. – 2025. – Vol. 1, No. 1.