Abstrak
Ushbu maqolada talabalarda uchraydigan stress holatlari, uning kelib chiqish sabablari hamda stressni boshqarishning samarali usullari tahlil qilingan. Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar faoliyati turli psixologik yuklamalar bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat ularning ruhiy va jismoniy salomatligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada stressning nazariy asoslari, uning talaba shaxsiga ta’siri hamda stressni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.