JADID ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI: BADIIY-ESTETIK TALQIN (CHO‘LPON IJODI MISOLIDA)
PDF

Kalit so‘zlar

Abdulhamid Cho‘lpon, jadid adabiyoti, ayol obrazi, badiiy-estetik talqin, milliy uyg‘onish, ma’rifatparvarlik, gender muammosi, publitsistika, Uvaysiy, ta’lim islohoti.

Abstrak

Maqolada XX asr o‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon ijodidagi ayol obrazi badiiy-estetik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Adibning publitsistik, lirik va dramatik asarlarida ayol timsoli orqali ifodalangan ijtimoiy-ma’naviy g‘oyalar, jadidchilik harakati kontekstidagi o‘rni hamda milliy uyg‘onish jarayoni bilan bog‘liqligi yoritib beriladi. Tadqiqot davomida Cho‘lponning ayol haq-huquqlari, ta’lim olish imkoniyatlari va jamiyatdagi mavqei masalalariga doir qarashlari uning konkret asarlari ekspertizasi asosida ochib berilgan. Birlamchi manbalar tahlili Cho‘lpon ijodining gender muammolarini badiiy idrok etishdagi o‘ziga xos uslubini, hamda mazkur g‘oyalarning bugungi adabiyotshunoslik fani uchun qadrli ekanligini asoslab beradi.

PDF