QORA’ TERMINI: ETIMOLOGIK KELIB CHIQISHI, TURLI XALQLAR MADANIYATIDAGI MA’NOLARI VA TIBBIYOTDAGI QOʻLLANILISHI
pdf

Kalit so‘zlar

qora termini; etimologiya; semantik konnotatsiya; rang kategoriyasi; tibbiy terminologiya; xalq tabobati; biotibbiy diskurs.

Abstrak

Ushbu maqolada qora termini etimologik kelib chiqishi, turkiy, slavyan va g‘arbiy yevropa madaniyatlaridagi semantik qatlamlari hamda tibbiyot va biotibbiy kommunikatsiyada qo‘llanish doiralari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi qora leksemasining qadimgi ildizlari, rang kategoriyasi sifatidagi universalligi va madaniy konnotatsiyalarining tibbiy terminologiyaga ko‘chish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.

Metodologiya sifatida qiyosiy-etimologik tahlil, korpus-lingvistik kuzatuv, semantik maydon modeli hamda terminologik standartlar bilan solishtirish yondashuvlari qo‘llandi. Ilmiy yangilik qora atamasining klinik nomlashdagi ikki yo‘nalishini, ya’ni vizual-belgili diagnostika va metaforik-risk kommunikatsiyasi yo‘nalishlarini bir modelga jamlash, shuningdek, xalq tabobati birliklaridagi “qora” komponentining nosologik motivatsiyasini izohlashdir. Natijalar tibbiy tarjima, sog‘liqni saqlash axborot matnlari va termin yaratish amaliyotida rang komponentlarini ehtiyotkor boshqarish zarurligini ko‘rsatadi.

pdf