Abstrak
Ushbu maqolada raqamli transformatsiyalash jarayonining ta’lim tizimiga ta’siri tadqiq etilgan. Raqamli texnologiyalarni ta’lim sohasiga joriy etish natijasida an’anaviy o‘qitish usullarining takomillashuvi, masofaviy ta’lim, elektron platformalar va sun’iy intellekt asosidagi ta’lim vositalarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida pedagog va talabalarga qo‘yilayotgan yangi talablar tahlil qilingan.