Abstrak
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek drama aktrisasi, ijtimoiy tarmoqlar blogeri, psixolog va motivatorning ko‘p qirrali faoliyati tahlil etiladi. Sahna san’ati va raqamli platformalar orqali yoshlarga yetkazilayotgan “Sen ham qila olasan!” ruhidagi haqiqiy motivatsiya, yoshlar ongida ijobiy dunyoqarash shakllantirish, psixologik barqarorlikni oshirish, milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirish masalalari ilmiy-badiiy nuqtai nazardan yoritiladi. Yoshlar ishlari agentligining yosh qizlarni qo‘llab-quvvatlash loyihalari (“Qizlar ovozi” va boshqalar) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning millat uchun keltirayotgan foydasi alohida ta’kidlanadi. Maqsad — har bir yoshni o‘z imkoniyatlariga ishonishga va faol hayot kechirishga undashdir.