Abstrak
Mazkur maqolada bugungi zamonaviy ayolning jamiyatdagi o‘rni, uning ilm olishga bo‘lgan intilishi, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi hamda kelajak taraqqiyotidagi ahamiyati yoritilgan. Ayolning bilimli, ma’naviyatli va izlanuvchan bo‘lishi nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning rivojlanishiga xizmat qilishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada ayollarning ta’limga bo‘lgan qiziqishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganishi, kasbiy rivojlanishga intilishi hamda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi. Izlanuvchan ayolning kuchli iroda, sabr va maqsad sari intilishi orqali jamiyatda yetakchi shaxs sifatida shakllanishi ochib berilgan. Maqolada bugungi kunda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning ilm-fan, tadbirkorlik, siyosat va madaniyatdagi faol ishtiroki haqida ham so‘z boradi.
Muallif ayolning o‘z ustida ishlashi, bilimga sarmoya kiritishi va rivojlanishdan to‘xtamasligi kelajak avlodning ma’naviy hamda intellektual yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlaydi.