Abstrak
Mazkur maqolada bola huquqlarini himoya qilish sohasida milliy huquq tizimi va xalqaro huquq normalarining o‘zaro uyg‘unligi kompleks tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarini ta’minlashga qaratilgan huquqiy islohotlar hamda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi normalarining milliy qonunchilikka implementatsiya jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, amaliy mexanizmlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi.