Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy interyer dizaynida milliy identitetni saqlash va innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish muammolari kompleks tarzda tahlil qilinadi.
Tadqiqotda estetik, funksional va ijtimoiy-madaniy omillar o‘zaro aloqadorlikda ko‘rib chiqilib, dizaynning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari ochib beriladi. Shuningdek, interyer dizaynida barqarorlik va ekologik yondashuvlarning ahamiyati asoslab beriladi.