RAQAMLASHTIRISH DAVRIDA JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI HOLISLAR INSTITUTI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
PDF

Kalit so‘zlar

holislar instituti, jinoyat protsessi, raqamlashtirish, video-fiksatsiya, sun’iy intellekt, blokcheyn, dalillarning mақbulligi, tergov harakatlari, O’zbekiston Respublikasi.

Abstrak

Maqolada O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi holislar institutining huquqiy tabiati, uning texnologik taraqqiyot sharoitida saqlanib qolish zarurati yoki isloh qilinishi masalasi tahlil qilinadi. Muallif holislar institutini “jonli guvoh — texnik fiksatsiya” degan ikki qutbli nazariy bahs nuqtai nazaridan ko’rib chiqib, Rossiya Federatsiyasining 2013-yildagi qisman islohotini, Germaniya, Fransiya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarda bu institutning umuman mavjud emasligini O’zbekiston tajribasi bilan qiyoslaydi. “Professional holis” fenomeni, video-fiksatsiyaning texnik zaifliklari va sun’iy intellekt asosidagi dalil yaxlitligini ta’minlash tizimlari tahlil qilinadi. Muallif tomonidan holislar institutini butunlay bekor qilish emas, balki uni differensiallashtirilgan, blokcheyn-asoslangan video-fiksatsiya tizimi bilan uyg’unlashtirilgan holda isloh qilish modeli taklif etiladi.

PDF