Abstrak
Maqolada Qoraqalpoq baxshichilik an’analari va ularning oliy ta’limda estetik tarbiyani rivojlantirishdagi o’rni tahlil qilinadi. Baxshichilik san’atining badiiy-estetik ahamiyati doston ijrochiligi orqali talabalarda estetik did va milliy o’zlikni anglashni shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek baxshichilikni o’quv jarayoniga integratsiya qilishning zamonaviy metodlari va raqamli texnologiyalar asosidagi imkoniyatlar ko’rib chiqiladi.