Аннотация
Mazkur maqolada geosiyosiy jarayonlarning xalqaro savdo tizimiga ta’siri iqtisodiy va siyosiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xalqaro mojarolar, iqtisodiy sanksiyalar, mintaqaviy integratsiya hamda geosiyosiy raqobatning jahon savdosiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, global iqtisodiyot sharoitida davlatlarning tashqi savdo siyosati va xalqaro iqtisodiy hamkorlikdagi strategik manfaatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, geosiyosiy omillar xalqaro savdo oqimlari, logistika tizimi va investitsion jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.