Аннотация
Mazkur maqolada subyektiv bahoning pragmatik va kommunikativ xususiyatlari tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida subyektiv bahoning nutq jarayonidagi o‘rni, so‘zlovchining munosabati va emotsional holatini ifodalashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, subyektiv baho vositalarining kommunikativ ta’sirchanlikni oshirishdagi roli hamda pragmatik mazmunni shakllantirishdagi funksional imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada badiiy va kundalik nutq misolida subyektiv bahoning lingvistik xususiyatlari ochib berilgan.