MILLAT G‘URURI – OVOZDA MUJASSAM BO‘LGAN ABADIY MEROS

Аннотация

O‘zbekiston – buyuk maqom va navoning, tasavvufiy she’riyat va ilohiy nido vatani. Bu zaminda har bir qo‘shiq nafaqat ohang va so‘z, balki ajdodlar ruhi, xalq taqdiri va kelajak avlodlarga qoldiriladigan ma’naviy xazina hisoblanadi. Men, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva, butun ijodiy faoliyatimni ana shu ilohiy merosni saqlash, boyitish va yosh avlodga yetkazishga bag‘ishladim. “Millat g‘ururi” mukofoti munosabati bilan o‘z hayotim, ijodim, kitoblarim va maqom yo‘llari orqali millat ruhiyatini qanday ko‘tarish mumkinligi haqida chuqurroq fikr yuritmoqchiman. Chunki millat g‘ururi – bu nafaqat o‘tmishdagi ulug‘vorlik, balki bugungi kun va kelajakdagi yorug‘ tongdir.

pdf (Узбекский)