Abstrak
Islom dini jamiyat hayotini faqatgina diniy marosimlar orqali emas, balki axloqiy va huquqiy me’yorlar asosida tartibga soluvchi mukammal ta’limotdir. Qur’oni Karim va Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hadislarida inson huquqlarini e’zozlash, jamiyatda tenglik va adolatni qaror toptirish hamda turli e’tiqod va qarashlarga bag‘rikeng munosabatda bo‘lish masalalariga alohida urg‘u berilgan. Ushbu tamoyillar Islomning insonparvarlik mohiyatini ochib beradi.