Аннотация
Mazkur maqolada avlodiy kohorta va kohort effekti tushunchalarining nazariy mazmuni, avlodlar psixologiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi tarixiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va texnologik omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Jim avlod, Bebi-bumerlar, X avlodi, Milleniallar, Z avlodi va Alfa avlodining shakllanish sharoitlari, psixologik xususiyatlari, qadriyatlari hamda ijtimoiy xulq-atvoridagi o‘ziga xosliklar qiyosiy tahlil etiladi. Shuningdek, yosh, davr va kohorta omillarining o‘zaro munosabati hamda ularning shaxsning psixologik xususiyatlariga ta’siri yoritiladi. Avlodlararo tafovut va kelishmovchiliklarning kommunikativ, qadriyaviy, ijtimoiy va texnologik omillari ochib beriladi.
Maqolada W. Strauss va N. Howe tomonidan ishlab chiqilgan avlodlar nazariyasi hamda undagi to‘rt arxetip modeli asosida avlodiy rivojlanishning siklik xususiyatlari tahlil qilinadi.
Zamonaviy ijtimoiy beqarorlik, texnologik transformatsiya va global o‘zgarishlarning turli avlodlar psixologiyasiga ta’siri asosida avlodlararo munosabatlarning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan baholanadi.
Библиографические ссылки
Strauss W., Howe N. Generations: The History of America’s Future, 1584 to 2069. - New York: William Morrow and Company, 1991. - 538 p
Strauss W., Howe N. The Fourth Turning: An American Prophecy. - New York: Broadway Books, 1997. - 382 p.
Mannheim K. The Problem of Generations // Essays on the Sociology of Knowledge. - London: Routledge & Kegan Paul, 1952. - P. 276-322.
Twenge J. M. iGen: Why Today’s Super-Connected Kids Are Growing Up Less Rebellious, More Tolerant, Less Happy. - New York: Atria Books, 2017. - 352 p.
Ryder N. B. The Cohort as a Concept in the Study of Social Change // American Sociological Review. - 1965. - Vol. 30, No. 6. - P. 843-861.
Howe N., Strauss W. Millennials Rising: The Next Great Generation. - New York: Vintage Books, 2000. - 415 p.