Аннотация
Mazkur maqolada rang konsepti olamning lisoniy manzarasi doirasida ko‘p qatlamli kognitiv birlik sifatida kompleks tarzda o‘rganiladi. Rang birliklarining perceptiv asoslari, ularning semantik va konseptual kengayishi, metaforik tizimdagi ishtiroki hamda lingvomadaniy kod sifatidagi funksiyalari ingliz va o‘zbek tillari misolida qiyosiy tahlil qilinadi.
Tadqiqot davomida rang konseptining universal va milliy xususiyatlari, uning inson tafakkuridagi kognitiv model sifatidagi roli hamda diskursiv imkoniyatlari ilmiy asosda yoritiladi.