Аннотация
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli muhitda keng tarqalib borayotgan doomscrolling fenomeni va uning inson psixikasiga ta‘siri tahlil qilinadi.
Doomscrolling — salbiy va tashvishli yangiliklarni internet hamda ijtimoiy tarmoqlarda uzluksiz kuzatish odati bo‘lib, u shaxsning ruhiy holatiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda ushbu hodisaning yuzaga kelish omillari, jumladan, miyaning salbiy axborotga moyilligi, ijtimoiy tarmoqlar algoritmlarining ta‘siri va axborotga qaramlik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, doomscrollingning xavotir, stress, depressiv holatlar, uyqu buzilishlari, diqqat va xotira pasayishi kabi psixologik oqibatlari yoritiladi. Maqola yakunida mazkur muammoning oldini olish hamda raqamli axborot iste‘molini sog‘lom tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.