SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING O‘ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI VA UNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
pdf (Узбекский)

Ключевые слова

Sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy rivojlanish, innovatsiya, mehnat unumdorligi, iqtisodiy samaradorlik, raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvi, bank-moliya tizimi, iqtisodiy o‘sish, O‘zbekiston.

Аннотация

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni, ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda mamlakatda sun’iy intellektni keng joriy etish istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqotda sun’iy intellektning mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, davlat boshqaruvi samaradorligini kuchaytirish, bank-moliya tizimini takomillashtirish va kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirishdagi iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiya jarayonlari o‘zaro qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, statistik tahlil, induksiya va deduksiya, SWOT tahlili hamda iqtisodiy prognozlash usullaridan foydalanildi.

Maqolada O‘zbekistonda sun'iy intellektni joriy etish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan, malakali kadrlar yetishmasligi, ma'lumotlar bazalarining integratsiyasi, texnologik infratuzilmaning rivojlanish darajasi va huquqiy tartibga solish masalalari tahlil qilinadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalarini iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga bosqichma-bosqich joriy etish mehnat unumdorligini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, investitsion jozibadorlikni kuchaytirish hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi aniqlangan. Muallif tomonidan sun‘iy intellektni iqtisodiy rivojlanishning strategik omillaridan biri sifatida shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

pdf (Узбекский)