Abstract
Mazkur maqolada ko‘p komponentli reaksiyalar yordamida azot saqlovchi geterotsiklik birikmalarni sintez qilishning zamonaviy usullari keng qamrovli tahlil qilingan.
Biginelli, Hantzsch, Mannich, Passerini, Ugi va Groebke–Blackburn–Bienaymé reaksiyalarining mexanizmlari, katalitik tizimlari, tipik reaksiya unumlari va sintez qilingan birikmalarning biologik faolligi qiyosiy jadvallar asosida ko‘rib chiqilgan. Alohida bo‘limda ushbu reaksiyalarning ekologik toza (yashil kimyo) variantlariga, jumladan, suvli va erituvchisiz sharoitlarga, mikrotolqinli hamda ultratovushli faollashtirishga, ionli suyuqliklar va nanostruktura katalizatorlarga, shuningdek, chuqur eutektik erituvchilar qo‘llanilishiga e’tibor qaratilgan. Maqola yakunida sohaning dolzarb muammolari va istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlari muhokama qilingan.