RAQS SAN’ATI ORQALI MILLIY MADANIYATNI DUNYOGA TANITISHNING AHAMIYATI
pdf (Узбекский)

Ключевые слова

Ayniqsa, ayollar ijrosidagi nozik va latofatli harakatlar xalqimizning go‘zallik va odobga bo‘lgan qarashlarini namoyon etgan bo‘lsa, erkaklar raqslari jasorat, kuch va matonatni aks ettirgan.

Аннотация

Bugungi globallashuv davrida har bir xalq o‘zining milliy madaniyati, qadriyatlari va san’ati orqali dunyoga tanilmoqda. Milliy madaniyatni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish har bir xalqning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayonda san’atning, ayniqsa raqs san’atining o‘rni beqiyosdir. Chunki raqs xalqning tarixi, urf-odati, qadriyatlari va ruhiy dunyosini o‘zida mujassam etgan noyob san’at turi hisoblanadi. Raqs orqali xalqning ichki kechinmalari, quvonchi, dardi va orzu-intilishlari ifoda etiladi.

pdf (Узбекский)