AYLANMA IQTISODIYOT TAMOYILLARI ASOSIDA KLASTERLARNING SUV RESURSLARI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
pdf

Kalit so‘zlar

aylanma iqtisodiyot, Lean Production, Kaizen, Muda, suv resurslari, klaster, Closed-Loop tizimi, suvni qayta ishlash, Fransiya tajribasi, barqaror rivojlanish.

Abstrak

Mazkur maqolada aylanma iqtisodiyot (Circular Economy) va Lean Production (tejamkor ishlab chiqarish) tamoyillari integratsiyasi asosida klaster tizimlarida suv resurslari barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda suv iste’moli jarayonlarida yuzaga keladigan isrofgarchiliklar, ya’ni Muda omillarini aniqlash hamda Kaizen (doimiy takomillashtirish) falsafasi asosida resurslardan samarali foydalanish mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, maishiy oqova suvlar va yomg‘ir suvlaridan muqobil manba sifatida foydalanish, ularni qayta ishlash va filtrlash texnologiyalarining klaster faoliyatidagi o‘rni tahlil qilingan. Fransiya tajribasi asosida klaster tizimlarida yopiq siklli (Closed-Loop) boshqaruv modellari, suv resurslarini qayta aylanish tizimlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish amaliyoti tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari asosida klasterlarda suv resurslaridan samarali foydalanish va ularning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan.

pdf