ЭКОНОМИЧЕСКАЯ РОЛЬ ГОРОДСКИХ РЫНКОВ В СИСТЕМЕ ГОРОДСКОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ
pdf

Kalit so‘zlar

shahar iqtisodiyoti, iqtisodiy infratuzilma, shahar bozori, savdo infratuzilmasi, tadbirkorlik, bozor rekonstruksiyasi, Yunusobod bozori.

Abstrak

Ushbu maqolada Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozori misolida shahar iqtisodiy infratuzilmasi tizimida shahar bozorlarining iqtisodiy ahamiyati tahlil qilinadi.

Tadqiqot bozor hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va sotuvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga asoslanadi. Ishda savdo faoliyatining xususiyatlari, asosiy tovar guruhlari bo‘yicha mavsumiy talab o‘zgarishlari, tadbirkorlarning xarajat tuzilmasi, ijara siyosati, elektr energiyasi iste’moli hamda savdo jarayonidagi hisob-kitob shakllari o‘rganiladi. Shuningdek, bozorda amalga oshirilgan rekonstruksiya jarayonining savdo faoliyatiga ta’siri ham baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy shahar bozorlari kichik biznes rivojlanishi, aholi bandligini ta’minlash va shahar oziq-ovqat ta’minoti tizimida muhim o‘rin egallaydi.

pdf