Abstrak
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda maktab va maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, yosh avlodni ma’naviy va intellektual rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosati haqida fikr yuritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kengayishi, yangi maktablarning qurilishi, xorijiy tajribalarni o‘rganish va raqamli ta’lim tizimining rivojlanishi bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlangan.