Abstrak
Mazkur maqolada zamonaviy reklamaning inson ongi, dunyoqarashi va psixologiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, reklama menejmentining jamiyatdagi o‘rni, raqamli marketing texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlarning reklama jarayonidagi ahamiyati hamda muvaffaqiyat psixologiyasining asosiy omillari haqida fikr yuritiladi. Maqolada motivatsiya, ichki ishonch, qat’iyat va o‘z ustida ishlash kabi tushunchalarning yoshlar hayotidagi ahamiyati yoritilib, “GREEN LIFE” kompaniyasi misolida reklama orqali sog‘lom turmush tarzi va rivojlanish g‘oyalarini targ‘ib qilish masalalari ko‘rsatib beriladi.