Abstrak
Ushbu ilmiy maqolada arxitekturaning inson tafakkuri, xulq-atvori va
psixologik holatiga ta’siri tadqiq qilinadi. Tadqiqotda arxitektura oddiy fizik muhit sifatida emas,
balki insonning kognitiv jarayonlarida faol иштирок etuvchi omil sifatida ko‘rib chiqiladi.
Ishning nazariy asosini Lambros Malafouris tomonidan ishlab chiqilgan Material Engagement
Theory (MET) tashkil etadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, tafakkur faqat inson ongida emas, balki
uning moddiy muhit bilan o‘zaro ta’siri orqali shakllanadi. Tadqiqot obyekti sifatida Ryue
Nishizawa tomonidan loyihalashtirilgan Moriyama uyi tanlangan bo‘lib, ushbu obyekt misolida
fazoviy tashkilot, ichki va tashqi makonning integratsiyasi hamda moslashuvchan rejalashtirish
inson xulq-atvoriga qanday таъсир ko‘rsatishi таҳлил qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, arxitektura insonning idroki, kundalik odatlari va ijtimoiy munosabatlarini
shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi hamda zamonaviy loyihalash jarayonida psixologik va
kognitiv omillarni hisobga olish zarurligini asoslaydi.