Abstrak
Mazkur maqolada rus tilidagi frazeologik birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Frazeologizmlarning xalq mentaliteti, milliy tafakkur, madaniy qadriyat va tarixiy tajribani ifodalashdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida rus tilidagi turg‘un birikmalarning semantik, stilistik hamda madaniy xususiyatlari lingvokulturologik nuqtai nazardan ko‘rib chiqildi. Shuningdek, frazeologik birliklarning xalq dunyoqarashi va kommunikativ jarayonlardagi ahamiyati ochib berildi.