Abstrak
Ushbu maqolada Qadimgi Baqtriya hududida ilk shaharlarning shakllanish omillari va ularning me’moriy-hududiy tuzilishi tahlil qilingan. Dastlabki shaharsozlikning vujudga kelishida geografik muhit, irrigatsiya tarmoqlari va savdo yo‘llarining o‘rni yoritilgan. Sopollitepa, Jarqo‘ton va Qiziltepa kabi yirik arxeologik yodgorliklar misolida qadimgi shaharlarning ichki rejalashtirilishi, markaziy qal’a (sitadel) va turar-joy hududlarining shakllanish xususiyatlari ochib berilgan.