GRUNTLI TO‘G‘ON YADROSI VA EKRANI TESKARI FILTRINI TANLASH BO‘YICHA TADQIQOTLAR
PDF

Kalit so‘zlar

Gruntli to‘g‘on, gruntli yadro, ekran, teskari filtr, filtratsiya, granulometrik tarkib, suv o‘tkazuvchanlik, suffoziya, ichki eroziya, gidrotexnika inshootlari.

Abstrak

Mazkur maqolada gruntli to‘g‘on yadrosi va ekranining filtratsiyaga qarshi samaradorligini ta’minlashda teskari filtrlarni to‘g‘ri tanlash masalalari yoritilgan. Teskari filtrning granulometrik tarkibi, suv o‘tkazuvchanligi va grunt zarrachalarini ushlab qolish xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, yadro, ekran va teskari filtrning o‘zaro ishlash xususiyatlari hamda ularning to‘g‘onning mustahkamligi va barqarorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Filtr materiallarini laboratoriya tadqiqotlari, muhandislik hisoblari va zamonaviy modellashtirish usullari asosida tanlashning ahamiyati asoslangan. Teskari filtrni optimal tanlash orqali suffoziya, ichki eroziya va filtratsion deformatsiyalar xavfini kamaytirish hamda gruntli to‘g‘onlarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish mumkinligi ko‘rsatib berilgan.

PDF

References

Samiev L. N., Ulashov Q. Ch., Suyunov A. Sh., Mamatova D. N., Xusanov Sh. Sh. Determination of the filtration consumption from the body of the soiled dam // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2024. Vol. 1420.

Bakiev M., Babajanov K., Babajanova N., Khasanov K. Filtration in the earth-fill dam in reservoir hydrosystem // AIP Conference Proceedings. 2023. Vol. 2612.

Fayziev Kh., Khozhiev T. K., Baymatov Sh. Kh., Rakhimov Sh. A. Numerical solution of the boundary value problem of unsteady filtering in earth dams with account of filtration anisotropy in soils by the method of finite differences // European Science Review. 2019. № 1–2. P. 9–13.

Audi S. A. Effect of filter properties on controlling cracks and erosion in dam embankment // Association of Arab Universities Journal of Engineering Sciences. 2021. Vol. 28, № 3. P. 62–69.

Fell R., MacGregor P., Stapledon D., Bell G., Foster M. Geotechnical Engineering of Dams. 2nd ed. London: CRC Press, 2015. 1338 p.

Khor C. H., Yap S. P., Leong G. W. Investigation of piping erosion in embankment dams with downstream filters // Journal of Geotechnical and Geoenvironmental Engineering. 2024. Vol. 150, № 6.