Abstrak
Ushbu maqolada o‘zbek jurnal-publitsistik matnlarida ta’sirchanlikni ta’minlovchi til birliklari hamda ritorik so‘roq gaplarning uslubiy-pragmatik salohiyati o‘rganiladi. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, o‘zbekshunoslikda ritorik so‘roq odatda badiiy nasr yoki nazm namunalarida kuzatilib kelingan, ammo uning davriy matbuot va jurnal maqolalaridagi vazifaviy tabiati alohida tizim sifatida deyarli chuqur yoritilmagan.
Ishning ilmiy yangiligi - jurnal matnlarida ritorik so‘roqning bajaradigan olti xil pragmatik yo‘nalishini (fikrga chorlash, muammoni ko‘zga tashlash, muallif pozitsiyasini bildirish, dalilni kuchaytirish, tanqidiy baho berish va hissiy zaryad hosil qilish) aniq mezonlar asosida farqlab, ularning matn tuzilishidagi o‘rniga bog‘liq holda tavsiflashda ko‘rinadi.
Tadqiqotda tavsifiy, kontekstual-pragmatik va uslubiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Kuzatishlar natijasida ritorik so‘roq gap sarlavha, kirish va yakuniy qismlarda muntazam qo‘llanib, matnning ta’sir kuchini oshiruvchi yetakchi vositaga aylanishi aniqlandi.
References
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Qurbonova M. va boshq. Hozirgi o‘zbek tili. - Toshkent, 2010.
Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: O‘qituvchi, 2006.
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008.
Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. - Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
Abdurahmonov G‘. O‘zbek tili grammatikasi. - Toshkent: Fan, 1996.
Mengliyev B. Hozirgi o‘zbek tili. - Toshkent, 2018.
Jumaniyozov Sh.A. Tog‘ay Murod asarlarida ritorik-so‘roq gaplarning qo‘llanilishi // ilmiy maqola.
Jumaniyozov Sh.A. Muhammad Yusuf she’riyatida ritorik so‘roq gaplarning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari, 2021.
Голуб И.Б. Стилистика русского языка. - М.: Айрис-пресс.
Прагматический потенциал вопросительных конструкций в заголовке публицистического текста (на материале интернет-СМИ) // КиберЛенинка.
Карамова А.А., Силантьева В.М. Риторический вопрос и риторическое восклицание в современном политическом дискурсе // Международный научный журнал «Инновационная наука». - 2016. - №3.