Abstrak
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq o‘zining milliy madaniyati, qadriyatlari va san’ati orqali dunyoga tanilmoqda. Milliy madaniyatni asrab-avaylash va uni kelajak avlodga yetkazish har bir xalqning muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayonda san’atning, ayniqsa raqs san’atining o‘rni beqiyosdir. Chunki raqs xalqning tarixi, urf-odati, qadriyatlari va ruhiy dunyosini o‘zida mujassam etgan noyob san’at turi hisoblanadi. Raqs orqali xalqning ichki kechinmalari, quvonchi, dardi va orzu-intilishlari ifoda etiladi.