Abstrak
Ushbu maqolada stomatologiyada raqamli diagnostika texnologiyalarining rivojlanishi hamda sun’iy intellekt (SI) tizimlarining klinik amaliyotga tatbiqi yoritilgan.
Zamonaviy raqamli usullar, jumladan kompyuter tomografiyasi (CBCT), raqamli rentgenografiya va 3D skanerlash texnologiyalari stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, aniq tashxis qo‘yish va davolash rejasini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sun’iy intellekt algoritmlari esa rentgen va tasvirlarni tahlil qilish orqali diagnostik xatoliklarni kamaytirish, kariyes, periodontal kasalliklar va boshqa patologiyalarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Maqolada raqamli texnologiyalar va SI tizimlarining afzalliklari, ularning klinik samaradorligi hamda stomatologiyaning kelajak rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi.