NOVA: Biomedical Research – biotibbiyot fanlari, tibbiyot, sog‘liqni saqlash, farmatsiya, stomatologiya, mikrobiologiya, biotexnologiya, jamoat salomatligi va ularga turdosh sohalardagi original ilmiy maqolalar va tadqiqotlarni nashr etuvchi xalqaro ilmiy jurnal. Jurnalning maqsadi ilmiy innovatsiyalarni rivojlantirish, fanlararo tadqiqotlarni rag‘batlantirish hamda tadqiqotchilarga o‘z natijalarini baham ko‘rishlari uchun akademik maydon yaratishdan iborat. Qo‘lyozmalar o‘zbek, ingliz yoki rus tilida tayyorlanishi va tahririyat ko‘rigidan o‘tishi lozim. Jurnal O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan (Guvohnoma № 1537468).
Nashr davriyligi: Har oyda
Nashriyotchi: "Modern Science and Research" MChJ
Jurnalning Telegram kanali: [NOVA Biomedical Research](https://t.me/novabiomedicalresearch)