Abstract
Ushbu maqolada ishlab chiqarish sohasida menejment boshqaruvida uchraydigan asosiy muammolar, ularning korxona faoliyatiga ta’siri hamda ularni bartaraf etish usullari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida rejalashtirishdagi kamchiliklar, kadrlar boshqaruvi, texnologik eskirish va nazorat tizimining sustligi ishlab chiqarish samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi. Shuningdek, Lean Management, Kaizen, KPI hamda ERP tizimlari kabi zamonaviy menejment usullarining ahamiyati yoritilib, korxonalarda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.