Abstrak
Ushbu maqolada Imom Moturidiy merosida ilgari surilgan ilm-ma'rifat, aql-idrok, moʻtadillik va diniy bagʻrikenglik gʻoyalarining mazmun-mohiyati hamda ularning zamonaviy jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Imom Moturidiyning ilmga asoslangan tafakkur, inson qadr-qimmati, eʼtiqod erkinligi va jamiyatda tinch-totuvlikni taʼminlashga oid qarashlari tarixiy hamda zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, moturidiylik taʼlimotining islom sivilizatsiyasi rivojidagi oʻrni, diniy bagʻrikenglik, millatlararo totuvlik va maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada globallashuv, axborot oqimlarining keskin ortishi va mafkuraviy tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi sharoitda Imom Moturidiy merosining yoshlar tafakkurini yuksaltirish, ularni ilm-fanga qiziqtirish, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sogʻlom diniy dunyoqarashni shakllantirishdagi o‘rni asoslab beriladi.
Tadqiqot jarayonida tarixiy, qiyosiy, tahliliy va tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi.
Natijalar Imom Moturidiy taʼlimoti ilm-maʼrifatni ulugʻlash, diniy bagʻrikenglikni qaror toptirish, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash va zamonaviy taraqqiyotning maʼnaviy asoslarini boyitishda muhim nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada Moturidiy merosini chuqur oʻrganish, uni taʼlim tizimi va ilmiy tadqiqotlarga keng tatbiq etish, xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida targʻib qilish yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.
References
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020-yil 24-yanvar). https://president.uz/uz/lists/view/3324
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. https://maturudi.uz
Samarqand davlat universiteti. Imom Moturidiy (PDF). https://www.samdu.uz/upload/content-files/IMOM%20MOTURIDIY-ko%CA%BBrilgan.pd
Xalqaro Islom Akademiyasi (IIAU). "Imom Moturidiy" – Biz kutgan asar. https://iiau.uz/oz/news/990
Yangi Oʻzbekiston, Yangi Tadqiqotlar jurnali. Imom Abu Mansur Moturidiy va kalom ilmining shakllanishi. https://share.google/CGEhmO5yAhAbfKHTk
Imom Abu Mansur Moturidiy rohimahullohning hayotlari va islom olamida tutgan oʻrinlari. https://share.google/9m77JcZNOjn8ROqnK
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Sunniy aqidalar. – Toshkent: Hilol-Nashr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoid ilmi. – Toshkent: Hilol-Nashr.
Abu Mansur Moturidiy. Kitob at-Tavhid. https://waqfeya.net
Abu Mansur Moturidiy. Taʼvilot al-Qurʼon (Taʼvilot Ahl as-Sunna). https://waqfeya.net
UNESCO. Declaration of Principles on Tolerance (1995). https://www.unesco.org/en/legal-affairs/declaration-principles-tolerance
Ziyo.uz – Imom Moturidiyga oid ilmiy maqolalar va manbalar. https://ziyouz.uz
Ilovalar
https://muslim.uz/uz/e/post/3415-imom-moturidiyning-hayoti-va-ijodi?page=1&per-page=1
https://share.google/CGEhmO5yAhAbfKHTk