ABDULLA QAHHORNING XARAKTER YARATISH MAHORATI
pdf

Kalit so‘zlar

Abdulla Qahhor, xarakter, badiiy obraz, psixologik tahlil, realistik nasr, lakonizm, detal, ichki monolog, badiiy uslub, o‘zbek hikoyasi maktabi.

Abstrak

Maqolada XX asr o‘zbek nasrining peshqadam vakillaridan biri A. Qahhor ijodidagi xarakter yaratish mahorati nazariy va amaliy jihatlardan tahlil qilingan. Adibning “Sarob”, “Sinchalak”, “O‘tmishdan ertaklar” romanlari, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “Anor”, “Dahshat”, “Ming bir jon” kabi hikoyalari hamda dramatik asarlaridagi obrazlar tizimi tahlil predmeti sifatida tanlangan. Yozuvchining xarakter yaratishdagi badiiy uslubining o‘ziga xos jihatlari — detallarning ramziy yuki, dialog san’ati, ichki monolog, psixologik tafsil, lakonizm va kinoyaviy yo‘sin — konkret matn parchalari misolida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot adib ijodining nafaqat milliy adabiyotshunoslik, balki keng ma’nodagi nasr nazariyasi uchun ham ahamiyatli ekanligini asoslab beradi.

pdf