Abstrak
Ushbu maqolada qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodining eng muhim boʻgʻini boʻlgan baxshichilik sanʼati, dostonlar va termalarda milliy qadriyatlar hamda xalq dunyoqarashining badiiy talqini tadqiq etiladi. Baxshilar ijodining jamiyat hayotidagi oʻrni, ularning asarlarida vatanparvarlik, doʻstlik, oilaviy sadoqat kabi umuminsoniy va milliy gʻoyalarning yoritilishi tahlil qilingan.